Xorazm O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Bu yurt o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati, betakror qadriyat va an’analari bilan jahon sayyohlarini o‘ziga rom etib kelmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun Xiva va Urganch shaharlariga sayohat uyushtirildi. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sayohat dasturiga ko‘ra sayohatchilar 10-13-dekabr kunlar 3 kun mobaynida Xiva, Urganch shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishadi. Institut jamoasi Jaloliddin Manguberdi xiyobonidagi yodgorlikdan tortib, Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Xivani tomosha qilish uchun “Ichan qal’a” me’moriy majmuasida ham bo‘lishdi.