Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich tomonidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti jamoasi, jumladan, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga bo‘lib o‘tayotgan qabul jarayonlari, test sinovlari, shuningdek, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.