Bugun, 14-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligidagi "Talabalar almashinuvi" dasturi doirasida tashkil etilgan intensiv kurslar talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔰 Uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b J.Nasriddinov, Xorijiy OTMlar qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'lim boshlig'i A.Nishonov va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida: 📌 Akademik mobillik va talabalar almashinuvi dasturlarining ahamiyati; 📌 Intensiv o‘quv kurslarining mazmuni va tashkil etilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.