Img
None

Jizzax Politexnika Instituti va Changshu Texnologiyalar Instituti o'rtasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi

Jizzax Politexnika Instituti (JizPI) da Xitoy Xalq Respublikasining Changshu Texnologiyalar Instituti (CIT) dan tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

✨ Tadbir doirasida strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi va muhim kelishuvlarga erishildi:

▶️ CIT Mexanika muhandisligi fakulteti dekani LIU JICHENG va Energetika muhandisligi fakulteti dekani ZHANG HUIGUO ga JizPI ilmiy kengashining 2024-yil 27-noyabrdagi 4-son qaroriga muvofiq faxriy professorlik unvonlari topshirildi.

🎓 JizPI&CIT hamkorligidagi Mexanika muhandisligi va Energetika muhandisligi qo'shma ta'lim dasturlarining ochilish marosimi o'tkazildi hamda talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✦ Energetika muhandisligi, Transport muhandisligi, Sanoat texnologiyalari fakultetlari dekanlari bilan hamkorlikni strategik rivojlantirish bo'yicha muzokaralar o'tkazilib, quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik kelishib olindi:

✅ Talabalar va magistrlar uchun mobillik dasturlarini yaratish;

🔍 Elektronika va axborot texnologiyalari sohasida qo'shma tadqiqotlar olib borish;

🎬 Tashrif davomida mehmonlar institutning ilmiy va moddiy-texnik bazasi tanishtirildi.

#JizPI #CIT #XalqaroHamkorlik #Ta'lim #Tadqiqot

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3