Jizzax politexnika institutida koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihoni konsultatsiyasi bo‘lib o‘tdi Mazkur imtihon konsultatsiyasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b J.Nasriddinov, “Nurli maskan” maktabi direktori G.Sangilova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.Xayitov, Joriy oʻquv yilida Qabul boʻyicha masʼul kotib M.Mirzabekov, mas’ul kafedra mudirlari hamda ko‘zi ojiz abituriyentlar ishtirok etdi. Ma'lumot uchun, qonunchilikka keltirilishicha, quyidagi toifalar ko‘zi ojiz abituriyentlar hisoblanadi: Maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar; Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar; 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan shaxslar; oddiy maktab yoki litsey, kollej shahodatnomasi yoki diplomiga ega, ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar.