Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 428-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarni yuksak ma’naviyatni shakllantirish, jadidlarimizning badiiy asarlari roli hamda ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, shuningdek, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish maqsadida institutda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida joriy yilning 13-yanvar kuni “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Dastlab Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ishtirokchilarni tanlov Nizomi bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng tanlov boshlandi. Tanlov o‘tishini Hakamlar hay’ati a’zolari nazorat qilib borishdi. Tanlov yakunlangandan so‘ng talabalar tomonidan yozilgan insholar Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tanlov Nizomiga asosan tekshirildi. Tanlovning asosiy maqsadi jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida ko‘rish, bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari hamda g‘oyalari, ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi, fidoyiligini chuqurroq o‘rganishdan iborat hisoblanadi. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1. Institut bosqichi; 2. Yakuniy respublika bosqichi. Ishtirokchi talabalarga insho yozishi uchun 1 soat vaqt beriladi. Yozilgan insholar quyidagi baholash mezonlar asosida baholanadi: - mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball; - jadidlar jasorati, meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi ochib berilganligi – 20 ball; - imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorati – 20 ball; - jadidlarning Vataniga sadoqatli vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashdagi fikr-qarashlarini ochib berilganligi – 20 ball; - xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati – 20 ball. Insholar Hakamlar hay’ati tomonidan tekshiriladi va 100 ballgacha baholanadi. Yakuniy natija esa quyidagicha bo‘ldi: I o‘rin – Kimyo muhandisligi fakulteti 701-23 KT guruhi talabasi Abduraimova O‘g‘iloy Abduvali qizi; II o‘rin – Qurilish muhandisligi fakulteti 212-24 MKQE guruhi talabasi Yusupova Mohiniso Sardor qizi; III o‘rin – Transport muhandisligi fakulteti 104-24 TVM guruhi talabasi Narzullayev Dilshod Yusuf o‘g‘li.