Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
16.01.2025

Sanoat texnologiyalari fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir tashkil etildi

2025-yil 16-yanvar kuni Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir tashkil etildi Mazkur tadbirdaJizzax shahri Ravalliq MFY raisi U.Xidirov, Ravalliq mahallasi profilaktika inspektori G‘.Karimov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut profilaktika inspektori I.Bo‘riyev, Sanoat texnologiyalari fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Sherqulov, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mavzu yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berishdi. Jumladan, mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanishimiz zarurligi, mamlakatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishimiz va Vatan ravnaqi uchun har birimiz dahldorlik hissini chuqur anglashimiz lozimligi, shuningdek, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Ularning savollariga soha mutaxasislari tomonidan batafsil javob berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3