O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Jizzax politexnika instituti Kimyo muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari hamda "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari "Men donorman" xayriya aksiyasida faol ishtirok etdilar.