Joriy yilning 17-yanvar kuni institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 138-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tahsil oluvchi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida “Vatan muqaddasdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismiga start berildi. Tadbirda har bir fakultetdan iqtidorli talaba-yoshlar qatnashdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining raqs, kuy va she’rxonlikka bo‘lgan qiziqishlarining yuqori ekanligini isbotlab berdilar. Yakuniy natija esa quyidagicha bo‘ldi: I-o‘rin: Sharipova Gulsevar (Kibersport fakulteti); II-o‘rin: Narzullayev Dilshod (Transport muhandisligi fakulteti); III- o‘rin: Normatov Xurshid (Kibersport fakulteti). G‘oliblar diplom hamda kitoblar bilan taqdirlanadi.