O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institutning muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishdi. Ilmiy-amaliy markazda ilmiy izlanuvchilar bilan suhbat qurib, ularning “yashil energetika” sohasidagi ilmiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari hamda fikr-mulohazalarini tingladi. Shundan so‘ng, institutda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.