Jizzax politexnika instituti majlislar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Akmal Savurbayev, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda qator rahbar xodimlar ishtirok etdi. Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalar, xususan yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy mehnat bozoriga munosib bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish hamda ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.