Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan “Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri va “Jizzax akkumulyator zavodi” AJda ishlab chiqarish mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari, sanoat korxonalari rivoji uchun yangi istiqboldagi tadqiqot ishlarini belgilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Jizzax politexnika instituti “Kimyo muhandisligi” fakulteti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq “Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri bosh direktori A.Abdusattorov hamda “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ rahbarligida o‘tkazilgan davra suhbatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari va sanoat korxonalari rivoji uchun yangi istiqboldagi tadqiqot ishlarini belgilashga qaratilgan masalalar batafsil muhokama qilindi. Bu jarayonda Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir guruh professor o‘qituvchilari Ikrom Ro‘zmatov, Shavkat Umarov, Akmal Ismoilov, Shavkat Nurullayev, Rasulbek Eshmetov, Jahongir Qurbonov, Tohirbek Ibragimov kabi professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarda quyidagi muammolar muhokama qilindi: 1. Oqova suvlarni utilizatsiya qilish texnologiyasini yaratish: - sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini ta‘minlash, - atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, - resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutiladi. Tadbir davomida oqova suvlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha taklif etilgan innovatsion yondashuvlar, shu jumladan, yangi kimyoviy reagentlar va zamonaviy uskunalardan foydalanish masalalari batafsil tahlil qilindi. 2. TKTI Kimyo kafedrasi professori Shavkat Nurullayev hamda JizPI Kimyoviy texnologiya kafedrasi professori Ikrom Ruzmatovlar tomonidan xomashyo importiga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan loyiha taqdim etildi. Ushbu loyiha doirasida: - mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanish, - sanoat korxonalarining importga qaramligini qisqartirish, - ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida “Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri bosh direktori A.Abdusattorov zavod mutaxassislariga loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalardi berdi. Shuningdek, JizPI va TKTIning ilmiy ishlanmalarini “Basalt Uzbekistan” sanoat korxonasida amaliyotga joriy etish, OTMlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi kelishuvlar amalga oshishiga ishonch bildirdi.