Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
28.01.2025

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tk

Jizzax politexnika instituti “Qurilish muhandisligi“ fakultetida tashkil etilgan mazkur tadbirda Davlat xizmatlari agentligi yetakchi inspektori Z.Beknazarov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Meliyev, Qurilish muhandisligi fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Saidov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda davlatimiz tomonidan Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligiga berilayotgan e’tibor, bu sohada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Har qanday shaxs ishga joylashish jarayonida to‘g‘ri tanlov qilishi, tanlagan ishi o‘zining kelajagi uchun poydevor bo‘lishi va har bir talabalarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib olishlari kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, qaysi sohaga ishga kirishdan qat’iy nazar eng birinchi navbatda xodimdan diplomi bilan birgalikda til bilish darajasi ham so‘ralayotgani, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, yosh davlat xizmatchilarida liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, davlat fuqorolik xizmatiga kirishda talab etiladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar, o‘z sohasining munosib mutaxassisi bo‘lishi, kompyuter texnologiyalarini va xorijiy tillarni bilishning afzalliklari haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar yetarlicha javoblar berishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3