Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
29.01.2025

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan «Boburxonlik» kechasi tashkil etildi

1483-yil 14-fevralda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (taxallusi “Bobur”) tavallud topgan kun. Bobur Mirzoning mashhur “Boburnoma” asari dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalari, tarixiy shaxslari, mamlakat iqtisodiy masalalari aks ettirgan. Jizzax politexnika instituti “Transport muhandisligi” fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan «Boburxonlik» kechasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Jizzax davlat pedagogika unversiteti o‘qituvchisi, filalogiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori Sh.Ahmedova, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar ijrosida adib qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar, mumtoz kuy-u va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, Primqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari asosidagi sahna ko‘rinishi barchada katta taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3