Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
31.01.2025

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining a’zosi Shuhrat Yakubov Jizzax politexnika institutida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining a’zosi Yakubov Shuhrat Ummataliyevich Jizzax politexnika institutining muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan suhbat qurdi. Suhbat davomida talabalar bilan savol-javoblar uyushtirib, ularning olayotgan bilimlari, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganliklarini hamda ular o‘qiyotgan kitoblar to‘g‘risida suhbatlashdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlarni tinglab, ularga yuqori baho berdi. Talaba-yoshlar bilan uchrashuv ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3