Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
01.02.2025

Jizzax politexnika instituti "Qalqon" jamoasi hamda institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika instituti "Qalqon" jamoasi hamda institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari bilan Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Rahmonberdiyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, "Qalqon" jamoasi a’zolari hamda institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari ishtirok etdi. Uchrashuvda dastlab Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Rahmonberdiyev so‘zga chiqib, o‘z so‘zida "Qalqon" jamoasi a’zolari hamda institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlarining ish faoliyati, ular tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot hamda profilaktik tadbirlar to‘g‘risida, shuningdek, jamoa a’zolarini mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarga tomoshabin bo‘lib emas, ishtirokchi bo‘lib qatanashishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3