Jizzax politexnika instituti “Energetika muhandisligi” fakultetida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti profilaktika inspektori I.Bo‘riyev, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan N.Rasulova, “Energetika muhandisligi” fakulteti Fizika kafedrasi professori A.Mustafaqulov, “Energetika muhandisligi” fakultetining Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Mamatkulov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvni fakultetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Mamatkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilayotganligini ma’lum qildi va mazkur davra suhbati ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan talaba-yoshlarning turli salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun belgilangan zaruriy chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi xususida, viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalindi. Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar yetarlicha javoblar berishdi.