Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
04.02.2025

Jizzax politexnika instituti delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi doirasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolandi

Jizzax politexnika instituti rektori, professor Alisher Usmankulov hamda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov hozirda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif 2025-yil 4-fevral kuni Sulton Idris educational universitetida bo‘lib o‘tadigan Birinchi O‘zbekiston-Malayziya Ta’lim Forumida ishtirok etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tashrifning ilk kunida institut vakillari Petronas texnologiya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olishdi. Shuningdek, Malayziyaning nufuzli MAG Architech, Design and Builders LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelishuv doirasida Jizzax politexnika instituti hududida yangi inshoot qurilishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mazkur tashrif institutning xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va Malayziya universitetlari bilan ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3