Img
None

Jizzax politexnika instituti Malayziyada yangi hamkorlik shartnomalarini imzoladi

Malayziya, Sulton Idris universiteti

📢 Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida Jizzax politexnika instituti vakillari Malayziyaning INTI xalqaro universiteti hamda Tun Hussein Onn universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

🔹 Uchrashuvlarda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv almashinuvi, ilmiy-tadqiqot loyihalari va innovatsion dasturlarni birgalikda amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Tadbir davomida Malayziyaning boshqa yetakchi universitetlari vakillari bilan ham istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3