Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
07.02.2025

JizPIda milliy liboslar kuni

Jizzax politexnika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Jizzax viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari I.Umarova, Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqamasi bo‘limi boshlig‘i A.Rabbimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Gulboyeva, barcha fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova ochib berdi, hamda quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi. "Milliy qadriyatlar – bu xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodi va turmush tarzining muhim qismi bo‘lib, har bir millatning o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy omillardir. Qadriyatlar xalqning ma’naviy boyligini, uning ruhiy kamolotini aks ettiradi va asrlar davomida shakllanib kelgan. Bugungi globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelgusi avlodga yetkazish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yangi texnologiyalar, zamonaviy hayot tarzi va madaniy o‘zgarishlar fonida biz o‘zligimizni yo‘qotib qo‘ymasligimiz kerak. Milliy qadriyatlarimiz – bizning eng bebaho boyligimizdir. Ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodga yetkazish va rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Har bir millatning kelajagi uning o‘z qadriyatlarini qay darajada saqlab qola olishiga bog‘liq. Shu sababli, biz yoshlarimizni milliy an’ana va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz, ularga o‘z tarixini va madaniyatini sevishni o‘rgatishimiz lozim". Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi hisoblanadi. Milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3