Jizzax politexnika instituti Kimyo muhandisligi fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan S.Mullajonova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova ochib berdi, so‘ngra buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning ilmiy va badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti D.Soatova ma'ruzasi tinglandi. Shuningdek, tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Navoiyni yod etib” nomli videorolik namoyish etildi. Badiiy qismda kafedra qoshidagi “Nafosat” to‘garagi a'zolari, institutning barcha fakultetdan iqtidorli talabalar, akademik litsey o‘quvchilari hamda harbiy qism kursantlari ijrosida adib qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar, mumtoz kuy va qo‘shiqlar hamda raqslar, adib hayotidan hikoya qiluvchi sahna ko'rinishlari ijro etildi.