Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
10.02.2025

“Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” mavzusidagi davra suhbati

Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetida “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik F.Uralov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi J.Islomov, JizPI Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Transport muhandisligi fakulteti dekani S.Djiyanbayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari J.Axmedov hamda Z.Yodgorov, fakultet dekan o‘rinbosari, tyutorlar va birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan diniy ekstremizmga qarshi kurashish va yoshlarning diniy ekstremizmga qo‘shilishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar taqiqlangan ma’ruzalarni eshitmasligi, tarqatmasligi bo‘yicha ogohlantirildi. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3