Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
12.02.2024

Jizzax politexnika instituti va Inwinic Tech kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika instituti Xitoyning Inwinic Tech kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Utkirjon Raxmatov ishtirok etdi. Tadbir davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va institutga investitsiyalar jalb etish masalalar muhokama qilindi. Inwinic Tech kompaniyasi vakillari institutning innovatsion loyihalariga qiziqish bildirib, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3