ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jizzax politexnika instituti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Onlayn uchrashuv bir qator ish paketlari bo‘yicha quyidagi: - loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi; - ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish; - laboratoriya va markazlarni tashkil etish; - loyihani targ‘ib etish va boshqa turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Mazkur uchrashuv dasturiga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha har bir oliygoh vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari Italiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejasini muhokama qildilar. Maʼlumot oʻrnida, mazkur onlayn uchrashuvda Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari M.Anarboyev hamda T.Berdiyorovlar ishtirok etdi.