Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov Zarbdor tumani 1-sonli politexnikumda sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Xudoyberdiyev, Ravot MFY raisi B.Rizqulov, Ravot MFY faoli, ikkinchi darajali sog‘lom avlod uchun ordeni sohibi I.Normurodov, 1-sonli politexnikum deriktori Z.Umurzoqov, 2-sonli politexnikum mas'ul xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda texnikum o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi. Sayyor qabul avvalida institut rektori A.Usmankulov texnikum moddiy-texnik bazasi hamda laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishdi. Sayyor qabulda A.Usmankulov tomonidan institut tuzilmasi, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, mavjud imkoniyatlar hamda yangi laboratoriya jihozlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlash kurslari, talabalar uchun faoliyat olib borayotgan to‘garaklar, kunduzgi, sirtqi, qo‘shma ta’lim(2+2) dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar turar joylari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda oliy va professional ta’lim muassasalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbat olib borildi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.