Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
24.02.2025

Jizzax politexnika institutida navbatdagi esselar tanlovi o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 01/15-243-sonli xati ijrosi yuzasidan Jizzax politexnika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi. Milliy qadriyatlar – bu nafaqat o‘tgan ajdodlarimizdan qolgan meros, balki kelajak avlodga yetkazilishi lozim bo‘lgan muqaddas boylikdir. Ular bizni kimligimizni anglashga, milliy o‘zligimizni saqlashga va taraqqiyot sari yetaklashga xizmat qiladi. Ota-onaga hurmat, ustozga ehtirom, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, halollik va vatanparvarlik kabi fazilatlar bizning qadriyatlarimizning negizini tashkil etadi. Tanlovni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berib, tanlovga start berdi. Tanlovda barcha fakultetlarning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tanlov yakunida talabalarning ijodiy ishlari ishchi guruh a’zolari tomonidan topshirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3