Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
26.02.2025

Institut hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda, shu jumladan, Jizzax viloyatida ham malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri viloyat hududida keng qamrovli ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyat olib borayotgani hisoblanadi. Jizzax politexnika instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hozirda viloyatdagi “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Jizzax akkumulyator zavodi” AJda bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Jizzax politexnika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi bazasida 70710105 - “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi hamda memorandum imzolandi. Bundan tashqari “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi Jizzax politexnika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi filialini ochish bo‘yicha qo‘shma buyruq imzolandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3