Yurtimizda yangilanish, yasharish fasli eshik qoqmoqda. Shukuhli Bahor ayyomida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir. Jizzax politexnika instituti 4-sonli talabalar turar joyida Sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Institut matbuot xizmati tomonidan Sumalak saylidan fotolavhalar e’tiboringizga havola etilmoqda.