Jizzax politexnika institutida “Sog‘lom inson - sog‘lom millat” shiori ostida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida har shanba yurish, yugurish va badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi an’anaga aylanib ulgurdi. Bugungi sport mashg‘ulotlarida 350 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi 250 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar yakunida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida sportning besh turi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri targ‘ib etish hisoblanadi.