Jizzax politexnika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Muqumiy” milliy kinofilmi namoyish etildi. Mazkur tabirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Gulboyeva, barcha fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Film syujeti oʻzbek shoiri Muqimiy ijodiy yoʻlining boshlanishi va shakllanishi davrini yoritib bergan. Film Muqimiyning onasini erta yoʻqotadi, bu uning ijodida maʼlum iz qoldiradi. Unda shoirning Rossiya imperiyasining kelishi davridagi taʼlim va ijodi haqida hikoya qilinadi. Muqimiy „Yosh shoirlar toʻgaragini“ tuzadi, uning tarkibiga Furqat, Zavqiy, Komil kiradi. Shoir otasining vafotidan keyin oilasi ogʻir ahvolga tushib qoladi. Oilasiga yordam berish uchun Toshkentga koʻchib ketadi. Film shoirning ogʻir moliyaviy ahvoliga tushib qolgani haqida hikoya qiladi va madrasalardan birida oʻgʻli Abramxoʻja bilan kichik bir hujradas hayoti kechiradi. Bugungi kunda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lishsa, ularda turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi.