Img
04.04.2025

Jizzax politexnika institutida talabalar uchun seminar tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida talabalar uchun "Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi" mavzusida seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi "Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"dagi 149-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi, 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida"gi 117-son buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi 117-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida"gi 125-AF-son buyrug‘ining ijrosi ta’minlash maqsadida 2025-yilning 4-aprel kuni Jizzax politexnika institutida talabalar uchun seminar tashkil etildi. Seminar har kuni ikki smenada fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) kesimida institut rektori A.Usmankulov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. J.Nasriddinov hamda fakultet dekanlari tomonidan talabalar bilan birgalikda o‘tkazilib boriladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3