Jizzax politexnika institutida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tadbir tashkil etildi. Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi hamkorligida "Yoshlar startap loyihalari" doirasida seminar o‘tkazildi. Seminar davomida iqtidorli yoshlar tomonidan o‘z startap loyihalari taqdimotlari o‘tkazilib, ekspertlar tomonidan baholandi. Seminar so‘ngida seminarda faol ishtirok etgan va o‘zining innovatsion g‘oyasini taqdim etgan yoshlar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning biznes salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.