Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 28-martdagi “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini yuqori saviyada tashkil etish hamda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 119-son buyrug‘ining 2.2-bandi hamda institut rektorining 2025-yil 20-martdagi 113-AF-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Oliygoh kubogi” doirasida “Robotlar musobaqasi” robototexnika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
“RoboSumo” hamda “Line following” yo‘nalishlarida tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlovda robototexnika sohasiga qiziquvchi ijodkor, izlanuvchan va yangilik yaratishni yoqtiradigan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar:
I o‘rin – Energetika muhandisligi fakulteti 411-23 EEE guruhi talabasi Komilov Ravshanbek Jo‘rabek o‘g‘li (Line Following yo‘nalishi);
II o‘rin – Kibersport fakulteti 431-22 RQ va T guruhi talabasi Saidahmedov Diyorbek Ilhom o‘g‘li (RoboSumo yo‘nalishi);
III o‘rin – Energetika muhandisligi fakulteti 542-21 MS guruhi talabasi Odilov MuhammadSobir Toxirjon o‘g‘li (RoboSumo yo‘nalishi).