Joriy yilning 11-aprel kuni institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 562-bandi ijrosini ta’minlash hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida institutda tahsil oluvchi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berdi.
— Tanlov o‘tkazilishidan asosiy maqsad talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlarni oʻz mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tanlov institutda doimiy ravishda har haftada tashkil etiladi, - dedi M.Xolbekova.
Shundan so‘ng tanlov boshlandi. Tanlov ishtirokchilariga jadidchilik namoyondalaridan bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon hamda Is’hoqxon Ibratlarning hayoti va ijodiga oid savollar berildi. Savollarga yetarlicha javob bergan talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova tomonidan badiiy kitoblar bilan mukofotlandi.