Img
None

Jizzax politexnika institutida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi qo‘shma yig‘ilishida joriy yilning aprel oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan.

Yig‘ilish qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-aprel kuni Jizzax politexnika institutida Jizzax viloyati Kengashi va Sh.Rashidov tumani boshlang‘ich kengashi a’zolari ishtirokida talabalar bilan “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Sh.Rashidov tumani boshlang‘ich tuman kengashi raisi Z.Mamasoliyeva, JizPI professor- o‘qituvchilari A.Mustafakulov, X.Xidirov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Xaitovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaning kelishib chiqishi, oqibatlari va javobgarlik turlari bo‘yicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3