Jizzax politexnika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Gulboyeva, barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy bo‘yicha dekan maslahatchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz hamda turmush tarzimizni o‘zida aks ettirgan quyidagi badiiy chiqishlar qilindi:
1. Energetika muhandisligi fakultetining qizlari tomonidan “Momom qo‘ygan o‘smalar” milliy ko‘rgazmali chiqishi.
2. Kibersport fakultetining talabalari ijrosida “Qoshingni qaro deydilar” xalq laparlari aytishuvi aytildi.
3. Kimyo muhandisligi fakultetining iqtidorli talabalari ijrosida “Chaqaloqni beshikka belash” va milliy qadiryatlarimizdan “Alla” aytish marosimi aytildi.
4. Transport muhandisligi fakulteti tomonidan “Kim oladi shuginani yo” milliy raqsi.
5. Qurilish muhandisligi fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan “Mard yigitlar” raqsi ijro etildi.
Tadbirda “Sharq yulduzlari” ishtirokchilari tomonidan har bir chiqishda faol ishtirok etishdi va milliy qadiryatlarimizni xalq og‘zaki ijodini talabalarimizga taqdim etishdi.
Milliy qadriyatlar – bu millatning asosiy tayanchi va kelajak avlodga qoldiradigan eng bebaho merosidir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va yoshlar ongiga singdirish barchamizning sharafli burchimizdir.
“Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlar uchun muhim taassurot qoldirdi va ularning milliy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Bunday tadbirlar yosh avlodda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarni asrab-avaylash hissini mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy madaniyat, an’analar va urf-odatlarga asoslangan ma’naviy tarbiya yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Shu bois, bunday tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish va ularni yanada kengroq miqyosda o‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.