Yakunlanayotgan hafta yangiliklarga boy hafta bo‘ldi. Hafta davomida bir qator muhim tadbirlar, yigʻilishlar oʻtkazildi. Mana shunday muhim yigʻilishlardan biri institutimizni joriy yilda kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida barcha sohaga oid masalalarga alohida toʻxtalindi. Oldinda turgan dolzarb vazifalar belgilanib, prorektorlar va mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.