Img
None

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-aprel kuni Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Jizzax viloyat hokim o‘rinbosari A.Savurbayev ochib berdi, so‘ngra viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari I.Umarova va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘lim rahbari Mehribon Abdurahmonovalar so‘zga chiqib, jamiyatda kitobxonlikning roli qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng, yozuvchi va shoirlar Nurali Qobul, Shahodat Isaxonova, Gulchehra Shahobiddin qizi, Shahlo Ahrorova, Zulfiya Qurolboy qizi, Abduqayum Yuldoshev va Asror Mo‘min kitobxonlar bilan jonli muloqotlar hamda teatr aktyorlari talqinida sahna ko‘rinishlari, Ra’noxon Hamidova ijrosida jonli qo‘shiqlar kuylandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari munosib ishtirok etdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3