Img
23.04.2025

“Milliy qadriyatlar san’ati” nomli ijodiy esselar hamda milliy she’rlarni yodlash va ijro etish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida milliy an’analar, urf-odatlar hamda qadriyatlarni yorituvchi “Milliy qadriyatlar san’ati” nomli ijodiy esselar hamda “Milliy she’riyat kechasi” doirasida milliy she’rlarni yodlash va ijro etish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Mazkur tanlovlar talaba-yoshlar o‘rtasida milliy an’analarimizni, urf-odatlarimizni va qadriyatlarimizni keng ommaga yetkazish hamda milliy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovlarda talabalarning har biri o‘z milliy qadriyatlarini qanday tushunganini va qanday yoritish mumkinligini yozma shaklda ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tanlovda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchi talaba-yoshlarning har biri milliy qadriyatlarimizni saqlashga va ularni yangi avlodlarga etkazishga hissa qo‘shishmoqda. Milliy qadriyatlar san’ati tanlovi nafaqat yoshlarning ijodini yuksaltirish, balki ularni o‘z o‘tmishidan, milliy an’analaridan faxrlanishga, ularni zamonaviy dunyoda saqlab qolishga chaqiradi. Tanlovda ishtirokchilar nafaqat o‘z shaxsiy fikrlarini ifoda etish, balki o‘z xalqining tarixini, madaniyatini va qadriyatlarini o‘rganish, zamonaviy san’at vositalaridan foydalanish orqali yoritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bizning bugungi maqsadimiz – milliy qadriyatlarimizni yoritish, ularni saqlash va yangi avlodga yetkazishdir. Tanlovda qatnashish orqali yoshlarimiz nafaqat o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish, balki millatning haqiqiy qadriyatlari haqida o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz, o‘z navbatida, ular orqali kelajak avlodga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishni va yurtimizni yanada kuchli, madaniy jihatdan boy va birlashgan qilishni istaymiz. Ijodiy esselar tanlovida ishtirokchilar milliy qadriyatlarni zamonaviy nuqtai nazardan ta’riflab, ularning ahamiyatini yoritishdi. Milliy she’riyat kechasida esa yoshlarimiz, buyuk shoirlarimizning she’rlarini ijro etib, o‘zbek she’riyatining go‘zalligini namoyish etdilar. Tadbirlarimiz yoshlarni milliy madaniyatga, she’riyatga bo‘lgan muhabbatini oshirishga undadi va ularning badiiy mahoratini rivojlantirishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining ijodi bilan milliy san’atimizni yuksaltirishga hissa qo‘shdi. “Milliy qadriyatlar san’ati” nomli ijodiy esselar hamda “Milliy she’riyat kechasi” doirasida milliy she’rlarni yodlash va ijro etish bo‘yicha tanlovlari, nafaqat milliy madaniyatni yoritishga, balki kelajak avlodga xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini yetkazishga qaratilgan muhim bir qadamdir. Bu tanlov talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ularni milliy qadriyatlarni saqlashga va rivojlantirishga undaydi. Tanlov ishtirokchilari o‘z yurtining go‘zalliklarini, urf-odatlarini va qadriyatlarini yangi zamonaviy yondashuvlar bilan yaratishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. “Milliy she’riyat kechasi” doirasida milliy she’rlarni yodlash va ijro etish bo‘yicha tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra: I o‘rinni Kimyo muhandisligi fakulteti jamoasi; II o‘rinni Kibersport fakulteti jamoasi; III o‘rinni Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi egalladi. “Milliy qadriyatlar san’ati” nomli ijodiy esselar tanlovi yakuniy natijalariga ko‘ra: I o‘rinni Kimyo muhandisligi fakulteti 741-24 Kadastr guruhi talabasi Jumanova Iroda Xusniddin qizi; II o‘rinni Kimyo muhandisligi fakulteti 741-24 Kadastr guruhi talabasi Xasanova Surayyo Erkin qizi; III o‘rinni Qurilish muhandisligi fakulteti 201-24 QM guruhi talabasi Tohirova Shirin Ravshanbek qizi egalladi. Tanlovning g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar, maxsus diplomlar, shuningdek, milliy qadriyatlarni yorituvchi kitoblar bilan taqdirlandilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3