Img
None

JizPIda navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada boshlandi

Ayni paytda Jizzax politexnika institutida “Kimyo va kimyoviy texnologiya sohalarining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya doirasida Respublika Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama etiladi.

Ilmiy-texnik konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

Kimyoviy texnologiya va neft-gaz texnologiyasi;
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyalari;
Korroziya ingibitorlarini sintez qilish;
Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqtisodiyot;
Kimyoviy texnologiya va texnika yo‘nalishdagi fanlarini o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3