Img
25.04.2025

JizPI hamda SUT o‘rtasida xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika instituti (JizPI) va Sujou texnologiya universiteti (SUT) o‘rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi Uchrashuvda institutning Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. Yorqinbek Rajabov, bosh muhandis O‘tkir Norboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Utkirjon Raxmatov, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Nishonov hamda bosh hisobchi Sirojiddin Berdiqulov ishtirok etdi. Tomonlar 2025–2026 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, SUTda “Yozgi maktab” dasturini amalga oshirish, shuningdek, JizPIga investitsiya mablag‘larini jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. Uchrashuv davomida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, xususan, SUT tomonidan institutga bevosita investitsiya kiritish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3