Img
26.04.2024

Jizzax politexnika instituti kasaba uyushmasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VI Majlisi № VI-2 qaroriga asosan, Jizzax politexnika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakolat muddati tugashi munosabati bilan kasaba uyushmasining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda kasaba uyushmasi Respublika kengashining Jizzax viloyat bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi Baxrullo Qodirov, institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, shuningdek, viloyat ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) tashkilotlari kengashlari raislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 2020-2025 yillarda qilingan ishlar bo‘yicha Jizzax politexnika instituti kasaba uyushmasi raisi hisoboti tinglandi. Saylov natijalariga ko‘ra “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Hamroz Ulug‘muradov Jizzax politexnika instituti kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3