Img
27.04.2025

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi va Toshkent shahridagi AOJU universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mazkur uchrashuvda Toshkent shahridagi AOJU universiteti birinchi prorektori Byung Kwan Kim, Jizzax politexnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. Jasurjon Nasriddinov, Akademik litsey ijrochi direktori Matluba Gʻoziyeva, litsey jamoasi va o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida AOJU universiteti faoliyati, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni, mavjud imkoniyatlar, yangi laboratoriya jihozlari hamda o‘qishni chet elda davom ettirish yoʻllari batafsil aytib o‘tildi. Uchrashuvda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. Tadbir so‘nggida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alari ulashishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3