Img
30.04.2025

Aholi, yoshlar hamda OAV vakillari bilan ochiq muloqot

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Zargarlik M.F.Y., fuqarolari, uyushmagan yoshlar bilan 19-sonli maktab binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Joriy yilning 30-aprel kuni Jizzax shahridagi 19-sonli maktab binosida Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova Omonliqovnaning Jizzax shahar, Zargarlik M.F.Y., fuqarolari, uyushmagan yoshlari bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul davomida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi ta’kidlandi. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz. Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘lishi, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori ko‘paytirilishi, Xotin-qizlar va nuroniylarni, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat berishi, Ijtimoiy sohalar rivojini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishi haqidagi prezidentimiz fikrlarini alohida takidlab o‘tdilar. Hozirgi kunda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 2 ta universitet(bittasi universitet filiali) va 3 ta institut faoliyat kо‘rsatayotganini, shundan, Jizzax politexnika instituti haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, 6 ta fakultet va 24 ta kafedralarning faoliyati, institutda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Institutimizga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarni OTMga tayyorlash kurslari va talabalar uchun faoliyat olib borayotgan tо‘garaklar, yotoqxonalar haqida, sirtqi ta’lim, rus guruhlari asosida tashkil etilgan ta’lim yо‘nalishlari xususida tо‘xtalib о‘tdi. Institutda bilim olish uchun hamma qulayliklar mavjudligi, bugungi kunda institut ARMida 33 ta ta’lim yo‘nalishida 16478 ta о‘quv adabiyotlarning elektron resursi mavjud ekanligini, institutning 4 ta TTJda ham talabalar yashashi va bilim olishi uchun yetarli darajada sharoitlar yaratilganligi, barcha fanlardan yetarli darajada ma’lumotlarga ega TTJ kutubxonasi, shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftari”ga kiritilgan oila farzandlari, yetim talabalar, I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun moddiy rag‘batlantirishlar berilishi haqida ham ma’lumotlar berib o‘tdi. Institutning saytiga kirib barcha fuqarolar foydalanishlari mumkinligini, institutdagi kasb-hunar markazida avtomobil va traktor haydovchisi hamda kutubxonachilik, hisobchilik о‘quv kurslari tashkil etilganligini, institut huzurida 1 ta akademik litsey va texnikumlar faoliyati yо‘lga qo‘yilganligini, texnikumlarda kunduzgi, sirtqi ta’lim shakli mavjud bо‘lib, ushbu ta’lim muassasasida о‘qish istagida bо‘lganlar hujjat topshirishlarini, shuningdek, о‘qish istagini bildirgan uyushmagan yoshlar va mahalla fuqarolariga OTMga tayyorlash kurslarida tayyorlanishlari uchun sharoitlar yaratilganligini ta’kidlab, bugungi sayyor qabulning maqsadini tushuntirib o‘tdi. Mazkur tadbirda OAV xodimlari ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3