Jizzax politexnika instituti va Xitoyning nufuzli Hefei texnologiya universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda institut tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Abdunazarov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Eshqulov, shuningdek, Transport vositalari muhandisligi va Radioelektronika kafedralari mudirlari Sh.Suvanqulov va Sh.Qarshiboyev qatnashdilar. Tadbirning asosiy maqsadi – Hefei texnologiya universiteti delegatsiyasining 2025-yil 6–7-may kunlari Jizzax politexnika institutiga amalga oshiriladigan tashrifi oldidan tashkiliy masalalarni muhokama qilish hamda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashtirishdan iborat bo‘ldi. Bu muloqot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.