2024-yil 12-avgust sanasida Jizzax politexnika instituti hamda Xitoyning Changshu texnologiya instituti vakillari o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'yicha navbatdagi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Jizzax politexnika institutidan Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Azizbek Nishonov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Utkirjon Raxmatov hamda Energetika kafedrasi o'qituvchilari qatnashishdi. Mazkur onlayn uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad 2024-2025 o'quv yilidan boshlab ikki OTM o'rtasida 2+2 qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish hisoblanadi.