Img
02.05.2025

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi M.Rahmatov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Xaitov, Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri X.Abduvaliyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan N.Rasulova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, "Qalqon" jamoasi hamda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida tanqidiy-tahliliy fikrlar ham bildirilib, yoshlar bilan ishlash hamda boshlang‘ich tashkilot faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va uni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan turli takliflar berildi. Institut yoshlar yetakchisi sifatida navbatdagi muddatga Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti talabasi Shavqiyev Elbek Abdurazzoq o‘g‘li saylandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3