Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yilning 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar doirasida har oyning bir kuni teatr kuni deb belgilangan. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax politexnika instituti prorektorlari, dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari institut rektori A.Usmankulov boshchiligida “Tanho yulduz” spektaklini tomosha qildilar. Spektakl teatr ijodkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Spektakl tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Asarda insoniy munosabatlar, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ota-onalik burchlarini astoydil ado etib, e’tibordan chetda qolib ketgan tanholik iztirobida qolgan qahramonlar taqdiri yotadi. Hayot sinovlariga sabr qilib, shukronalik hissi bilan yashagan bu insonlar taqdiri, asar so‘ngida, ezgu niyatlarining ijobati bilan yakun topadi.