Jizzax politexnika instituti Kimyo muhandisligi va Qurilish muhandisligi fakultetlari tomonidan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.
Dastlab tadbir ochilishi davlatmiz milliy ramzi bo‘lgan madhiya madh etilib, barcha tadbir ishtirokchilari tomonidan hurmat bajo etildi. Ushbu kechaga Jizzax viloyati Mudofaa boshqarmasi faxriylar kengashi raisi istefodagi podpolkovnik R.Jabborov, Jizzax harbiy prokurori o‘rinbosari G‘. Atajonov, Jizzax viloyati Milliy gvardiya faxriysi istefodagi podpolkovnik R. Mayliboyev, Jizzax viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari, mehnat faxriysi N.Nurmamatov, Xalq ta’limi a’lochisi mehnat faxriysi M.Sharipov va Davlat xavfsizligi xizmati, chegara qo‘shinlari faxriy kengashi raisi B.Murodovlar tashrif buyurdi. Dastlab tadbirni Kimyo muhandisligi fakulteti dekani M.Mirzabekov ochib berib, tadbir ishtirokchilariga institut rektori A.Usmankulovning bayram tabrigini eshittirib o‘tdi. Keyingi so‘zni Jizzax viloyati Mudofaa boshqarmasi faxriylar kengashi raisi istefodagi podpolkovnik R.Jabborov davom ettirib barchani Xotira va qadirlash kuni bilan muborakbod etdi. Keyingi so‘z Jizzax harbiy prokurori o‘rinbosari G‘. Atajonovga berilar ekan bugungi yoshlar tinchlikning qadriga yetib yurishlari va bu tinchlik zamonning tagida qanchadan qancha shu yurt uchun aziz jonlarini fido qilgan mard o‘g‘lonlarimiz haqida so‘z yuritib o‘tdilar. Keyingi so‘zni Jizzax viloyati Milliy gvardiya faxriysi istefodagi podpolkovnik R. Mayliboyev davom ettirib barchani bugungi bayram bilan tabriklab o‘tdi. Navbatdagi so‘z Jizzax viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari, mehnat faxriysi N.Nurmamatovga berilib, barchaga bugungi tinch zamonga erishishimiz uchun jonini fido qilgan barcha yutdoshlarimiz haqida bir qancha ma’lumotlarini berib o‘tdilar va shu o‘rinda tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. Keyingi so‘zlarni Xalq ta’limi a’lochisi mehnat faxriysi M.Sharipov va Davlat xavfsizligi xizmati, chegara qo‘shinlari faxriy kengashi raisi B.Murodovlar davom ettirib barchani 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan muborakbod etib o‘tdilar. Shundan so‘ng navbat tadbirning badiiy qismiga berilib, Jizzax viloyat harbiy okrug garnizoni tezkor bo‘linma tarkibi tomonidan qo‘l janggi sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
Shundan so‘ng navbat fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan bugungi tadbirga bag‘ishlangan she’riy chiqishlariga berilib, har bir talaba tomonidan mavzuga doir she’rlar taqdim etildi. Tadbir so‘ngida iqtidorli talaba ijrosida “O‘zbekiston” deb nomlangan qo‘shiq bilan tadbir o‘z yakuniga yetdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib, barcha tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.