Ayni kunlarda Jizzax politexnika institutida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi” doirasidagi sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Sport musobaqalari dasturiga asosan bugun basketbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqalar may oyi mobaynida kunduzi 09:00 dan 11:20 gacha va kechki 16:30 dan 18:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga sadoqat, iroda va bardamlik ruhida tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Sport oyligi davomida talabalar quyidagi 10 dan ortiq sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi: badminton, basketbol, dzyudo, gandbol, stol tennisi, stritbol, mini futbol, voleybol hamda yengil atletika.